Italiyaning Emiliya-Romanya regionida do‘l yog‘ishi oqibatida A1 avtoyo‘lida harakatlanish to‘xtatildi, yuzlab mashinalar va uylarga shikast yetdi, deb xabar berdi il Fatto Quotidiano.
Xabarda aytilishicha, kutilmaganda yog‘gan kattaligi olmaday do‘l haydovchilar va mahalliy aholini shoshirib qo‘ygan. Do‘l donalari avtomobillar oynalarini sindirib, kuzovlarini pachoqlagan. Kuchli shamol va yomg‘ir esa haydovchilarning harakatlanishiga imkon bermagan.
Natijada qutqaruvchilar Milan-Neapol yo‘lini uch soatga yopib qo‘yishga majbur bo‘lgan. Bir nechta yo‘l-transport hodisasi yuz bergani aytilmoqda.











