Rasmiy ma'lumotda aytilishicha, qisqa vaqt ichida Favqulodda vaziyatlar vazirligining 5ta yong‘in-qutqaruv guruhi voqea joyiga jalb etilgan. Binoning taxminan 400 kvadrat metr maydoni yong‘indan zararlangan. 

Yong‘in soat 13:33da o‘rab olingan va soat 14:31da batamom o‘chirilgan. Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati yetib borgan. 

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma'lumot kelib tushmagani aytiladi.