2020 yilning 7 noyabr kuni Buxoro viloyati Davlat sanitariya va epidemiologiya nazorati boshqarmasi boshlig‘i Qambar Rasulov pora bilan ushlangan edi.
Kun.uz manbasiga ko‘ra, jinoyat ishlari bo‘yicha Vobkent tuman sudining 2021 yil 9 fevraldagi hukmi bilan, R.Qambarovga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan 3 yilga mahrum etilib, 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Ta'kidlanishicha, Q.Rasulovga tergov organi tomonidan JKning 210-moddasi 2-qismining “v” bandi (tamagirlik yo‘li bilan pora olish) bilan e'lon qilingan ayblov shu moddaning 1-qismiga qayta kvalifikatsiya qilingan.
Ma'lumot uchun, Jinoyat kodeksining 210-moddasi 1-qismiga ko‘ra pora olish, ya'ni mansabdor shaxsning o‘z xizmat mavqeyidan foydalangan holda sodir etishi mumkin bo‘lgan muayyan harakatni pora berayotgan shaxsning manfaatlarini ko‘zlab bajarishi 50-100 BHM miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum etilgan holda 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.










