«Joriy yilning birinchi yarim yilligi so‘ngiga qadar 550 dan ortiq davlat aktivlari, xususan, «Poytaxt» biznes-markazi, «Malika» savdo majmuasi, «Ichan qal'a» mehmonxonalari va Toshkent markazidagi ma'muriy bino (sobiq MXX binosi) kabi yirik mol-mulklar sotilishi kutilmoqda», – dedi Ortiqov 27 may kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan xalqaro xususiylashtirish forumidagi nutqida.

Eslatib o‘tamiz, DXX Markaziy apparati 2018 yilda mazkur binodan ko‘chib chiqqan edi. 20 219 kv.m. maydonga ega obekt 2020 yil oktyabrdagi prezident qarori asosida sotuvga qo‘yilgan.

Avvalroq, Davavtiv sobiq MXX binosini sotib olish bo‘yicha 3ta taklif kelib tushganini ma'lum qilgandi.

Binoning bo‘lg‘usi egalariga ushbu obektdan ofis, savdo, savdo-ko‘ngilochar, madaniy-hordiq, sport, turistik va boshqa xizmatlar ko‘rsatish maqsadida foydalanish talabi qo‘yiladi.