«Bugun, 27 aprel kuni soat 11:40da Toshkent viloyatining Nurafshon shahridagi «Obod turmush» MFYda joylashgan ikki qavatli uyda gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘ldi.
Buning oqibatida binoning 2-qavatiga jiddiy zarar yetgan. Afsuski, hodisada bir nafar fuqaro vafot etgan.
Mazkur holat tabiiy gaz sizib chiqishidan kelib chiqqani taxmin qilinmoqda. Ayni daqiqalarda Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari voqea joyida ishlamoqda. Mazkur vaziyat yuzasidan qo‘shimcha ma'lumotlar vazirlikning rasmiy manbalari orqali berib boriladi», deyiladi vazirlik xabarida.
Ayni damda viloyat hokimligi va mas'ul rahbarlar tomonidan ham ushbu holat bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda.











