Ushbu reytingda Toshkent davlat yuridik universiteti (TDYuU) dunyoning 94 ta mintaqa va davlatlaridan qatnashgan minglab universitetlar orasida 401-o‘rinni egalladi. TDYuU mazkur reytingda mamlakatimiz oliy ta'lim muassasalari orasida eng yuqori natijani qayd etdi.

TDYuU THE Impact Rankings yettita yo‘nalishida ishtirok etib, quyidagi natijalarni qayd etdi:

  • SDG 4: Quality Education (ta'lim sifati) –  201-o‘rin;
  • SDG 5: Gender Equality (gender tengligi) – 401-o‘rin;
  • SDG 8: Decent Work and Economic Growth (munosib ish joyi va iqtisodiy o‘sish) – 201-o‘rin;
  • SDG 9: Industry, Innovation and Infrastructure (sanoat, innovatsiya va infratuzilma) –  401-o‘rin;
  • SDG 10: Reduced Inequalities (tengsizlikni qisqartirish) –  401-o‘rin;
  • SDG 16: Peace, Justice and Strong Institutions (tinchlik, adolat va kuchli institutlar) – 201-o‘rin;
  • SDG 17: Partnerships for the Goals (barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yo‘lidagi hamkorlik) – 401-o‘rin.

Toshkent davlat yuridik universiteti
 Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi