Ta'kidlanishicha, Pens jamoasida AQSh yetakchisiga layoqatsizligi yo‘li bilan impichment e'lon qilinishiga to‘g‘ri kelmasligiga umid qilinmoqda, chunki aks holda bu mamlakat uchun qo‘shimcha xavf-xatarlar yuzaga keltirishi mumkin.
Biroq shu bilan birga vitse-prezidentning aytishicha, agar Trampning xatti-harakatlarini oldindan aytish qiyin bo‘lib qolsa, Pens konstitutsiyaga tuzatmani qo‘llashi va davlat rahbari majburiyatlarini o‘z zimmasiga olishi mumkin.
25-tuzatmaga ko‘ra, prezident layoqatsiz deb topilsa yoki uning vakolatlari muddatdan oldin tugatilsa, vitse-prezident davlat rahbari lavozimini egallaydi.
Vashingtonda 6 yanvarda yuz bergan tartibsizliklardan keyin bir qator demokratlar Trampning ushbu tuzatma bo‘yicha hokimiyatdan chetlatilishini talab qilishgan. AQSh rahbarining ba'zi partiyadoshlari ham xuddi shunday chaqiriqlar bilan chiqishgan. The New York Times nashri 8 yanvarda Pens ushbu chaqiriqlarni qo‘llab-quvvatlamasligini ma'lum qilgan.











