Endilikda elektrodvigatelining quvvati 4 kVt va undan ortiq yoki soatiga 40 va undan yuqori tezlikka ega elektromobillar (elektromototsikllar, elektroskuterlar va boshqalar) ham davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan bo‘ldi.

Bungacha DYHXXda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan avtomototransport vositalari toifalari quyidagilar edi:

  • dvigateli 50 va undan ortiq kub.sm ish hajmiga ega avtomototransport vositalari;
  • soatiga 50 va undan ortiq kilometr yuqori tuzilmali tezlikka ega avtomototransport vositalari;
  • tirkamalar, yarim tirkamalar.