O‘tgan yilning mos davriga nisbatan bu yil televizor va uning qismlari importiga 2,8 mln. AQSh dollari kam sarflangan.
 
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 26ta davlatdan televizor va uning qismlari import qilgan. Import hajmi yuqori bo‘lgan davlatlar orasida Xitoy (3,2 mln.), Koreya (820 ming), Qozog‘iston (435,6 ming) va 87 ming AQSh dollari bilan Germaniyani ko‘rish mumkin.
 
Ma'lumot o‘rnida, mamlakatda 2019 yilda qiymati 946,3 mlrd. so‘mlik 951 ming dona televizor ishlab chiqarilgan.