Kanada statistika boshqarmasining ma'lum qilishicha, Kanada yalpi ichki mashuloti aprel-iyunda yillik hisobda 38,7 foizga qisqargan va bu ham antirekord hisoblanadi.

Biroq tahlilchilar Kanada iqtisodiyoti chorak bo‘yicha 12 foizga qisqarishini prognoz qilishgan. 1-chorakda Kanada yalpi ichki mahsuloti 2,1 foizga kamaygan.
 
Aholining 2-chorakdagi xarajatlari ish o‘rinlari yo‘qotilgani va do‘konlar yopilishi hamda turizmdagi cheklovlar tufayli xarajatlar qilishda cheklangan imkoniyatlar sabab rekord ko‘rsatkichga – 13,1 foizga qisqargan.
 
Pandemiya sababli kiritilgan cheklovlar Kanada eksportining 2-chorakda 18,4 foizga, importining esa 22,6 foizga qisqarishiga olib kelgan.