Kompaniya xabarida aytilishicha, Xakett 2021 yil mart oyi oxirigacha kompaniyada “maxsus maslahatchi” sifatida qoladi

Kompaniyaning yangi rahbari va prezidenti etib bosh operatsion direktor Jim Farli tayinlandi. U yangi lavozimni 1 oktyabrdan boshlab egallaydi. 

Farli Ford’ga Toyota’dan 2007 yilda o‘tgan. U, shuningdek, kompaniya direktorlar kengashi tarkibiga kiritiladi. 

Farli kompaniya kasodga uchrash yoqasida qolgan 2008-2009 yillardagi jahon moliyaviy inqirozi vaqtidan keyin Ford’ning to‘rtinchi rahbari bo‘ladi.