Ford Motor avtokompaniyasi Kentukki shtatidagi zavodni modernizatsiya qilish uchun 2 mlrd dollar ajratadi, bu yerda arzon elektromobillar ishlab chiqariladi.
Kompaniya matbuot relizida aytilishicha, zavodda birinchi bo‘lib to‘rt eshikli elektropikap ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarish 2027 yilda boshlanishi rejalashtirilgan. Bu pikap ommabop F-150 Lightning modelining arzonroq muqobili bo‘ladi.
Avvalroq avtokompaniya Michigan shtatida elektromobillarga batareyalar ishlab chiqaruvchi zavod qurilishi uchun 3 mlrd dollar sarmoya kiritishini e’lon qilgandi.
Ushbu loyihalar natijasida 4 mingga yaqin ish o‘rni yaratiladi yoki saqlab qolinadi.











