“Hurmatli Eron, AQSh davlatingizni, bayrog‘ingizni, xalqingizni hurmat qilmaydi. 52 foiz amerikaliklar sizdan uzr so‘raydi. Biz millatingiz bilan tinchlikni istaymiz. Biz terrorchilik tuzumi asirlari hisoblanamiz. Undan qanday qochishni bilmaymiz. Iltimos, bizni o‘ldirmang”, – deb yozgan aktrisa.
Aktrisa keyinroq ushbu tviti uchun unga bildirilgan ko‘plab tanqidlarga Eronni qo‘llab-quvvatlamasligi, shunchaki mamlakati yaxshiroq bo‘lishini istashi bilan javob bergan.
Makgouenning yozishicha, Sulaymoniy “yovuz odam bo‘lgan, ko‘p yovuzliklar qilgan”, biroq “gap hozir bu haqida emas”. Uning ta'kidlashicha, AQSh “ma'nan korrupsiyalashgan va qonunga xilof tarzda harakat qiladi”. Aktrisa “Eronni qo‘llab-quvvatlamasligini” va “aniq AQSh tomonda emasligini” yozgan.
Makgouen o‘z tanqidchilariga yangi urush boshlanishi mumkinligidan qo‘rqib ketgani, voqealarga bunday munosabat bildirishga haqli ekani, bu “demokratiyaligi” va u uchun “ko‘plab jasur askarlar jang qilgani” bilan javob qilgan.











