"Husayn Fereydun besh yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi", - deya undan iqtibos keltirdi Fars agentligi.

Fereydun 2017 yil iyulda hibsga olingandi. Tergov unga nisbatan e'lon qilingan ayblovlarning barcha tafsilotlarini ma'lum qilmayapti. Fereydun hibsga olingan vaqtda Eron prezidentining maslahatchisi lavozimida edi.