2018 yil dekabrda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “2019 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmonni imzolagandi.
Hujjatga ko‘ra, haftasiga 5 kun ishlaydigan o‘zbekistonliklar 31 avgustdan 3 sentyabrgacha (4 kun), 6 kunlik ishda mashg‘ul bo‘lganlar esa 1-3 sentabr kunlari (3 kun) dam olishadi.
Dam olish kunlari quyidagicha ko‘rinishda bo‘ladi:
- 31 avgust (shanba) – kalendar bo‘yicha dam olish kuni;
- 1 sentabr (yakshanba) – ishlanmaydigan bayram kuni;
- 2 sentabr (dushanba) – qo‘shimcha ishlanmaydigan kun;
- 3 sentabr (seshanba) - 7 sentabr, shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni.
Farmonda aytilishicha, qo‘shimcha ishlanmaydigan kun (2 sentabr) ishchilarning har yilgi mehnat ta'tillari davomiyligining 3 kunga qisqartirilishi hisobiga kompensatsiyalanadi.











