O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabariga ko‘ra, ko‘rsatilgan manzilga yuborilgan 1 ta yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmasi soat 16:22 da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 16:26 da bartaraf etilgan.
Yong‘inda insonlarni halok bo‘lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmagan. Yong‘in oqibatida Olmazor tumani obodonlashtirish bosh boshqarmasiga qarashli “MAXSUS TRANS” avtomobili kabinasi va kuzovi oralig‘ida joylashgan yo‘l qoplamasini tozalash agregatining motor qismi yonib zararlangan.
Yong‘in elektr simlaridagi qisqa tutashuvdan sodir bo‘lgan, deb taxmin qilinmoqda. Yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.










