Qarorga muvofiq, Angren Pask XK AJ ustav kapitalidagi davlat aksiyalarining 25 foizi “Nikol Pak UK”ga (Rossiya) quyidagi investitsiya majburiyatlari bilan “nol” qiymatda sotiladi:

1-bosqichda – kamida 25 mln dollar investitsiya kiritish hamda 2019-2020 yillarda Angren Pask XK AJ bazasida qog‘oz mahsulotlarini ishlab chiqarishni qayta tiklash va modernizatsiya qilish;

2-bosqichda – kamida 25 mln dollar investitsiya kiritib 2020-2021 yillarda yiliga 6,0 mln kvadrat metr bitum, tom yopish va gidroizolyatsiya materiallari ishlab chiqarishni tashkil etish;

3-bosqichda – kamida 25 mln dollar investitsiyalar kiritib 2020-2021 yillarda yiliga 300 ming kub metr ekstruzion penopolistirol ishlab chiqarishni tashkil etish.