O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabarida aytilishicha, ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida oshxonaning tom qismi yonib zarar ko‘rgan hamda A.N. kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

“Hurmatli fuqarolar, xonadoningizda tabiiy gazdan foydalanganda gaz plitalari va shu kabi gaz texnikalarining soz holda ekanligiga alohida e'tibor qarating. Zero, e'tibor – xavfsizlik va xotirjamlik garovidir”, - deyiladi IIV xabarida.