Book challenge bevosita davlat rahbari tashabbusi bilan ishlab chiqilgan yangi loyiha bo‘lib, unda har bir rahbar o‘zining shaxsiy kutubxonasidan o‘zi ta'lim olgan maktab kutubxonasiga kitoblar sovg‘a qiladi.

Mazkur loyiha yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilishga qaratilgani bilan ham ahamiyatlidir.

Bundan oldin, Abdulla Aripov Jarqo‘rg‘ondagi maktabga o‘z shaxsiy kutubxonasidan kitoblar sovg‘a qilgandi.

Shuningdek, xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov ham o‘zi o‘qigan maktabga kitoblar sovg‘a qildi.