Yong‘in xalqaro aviashou o‘tayotgan Yelaxanka aerodromi yonidagi avtoturargohda chiqqan. Yong‘in oqibatida avtobus va yengil avtomobillardan tortib skuter va mototsikllargacha bo‘lgan transport vositalarining kuli ko‘kka sovurilgan.
Politsiya xodimlarining taxminicha, yong‘inga qurib yotgan o‘t ustiga tashlangan sigaret sabab bo‘lgan. Kuchli shamol esa yong‘inning tez tarqalishiga turtki bo‘lgan.
Voqea joyiga 12 ta o‘t o‘chirish mashinasi kelgan, vaziyatni baholash uchun vertolyot jalb qilingan. Ayni vaqtda yong‘in o‘chirilgan. Jabrlanganlar haqida ma'lumot berilmagan.
Aviasalon ishi vaqtinchalik to‘xtatilib, yong‘in sabablarini aniqlash maqsadida tergov boshlangan.











