#1 Edit Meysfildga 1 million dollardan ortiq pul taklif qilingan bo‘lsa ham, u o‘z uyini sotishdan bosh tortgan. Keyinchalik «Up» filmining yaratilishiga aynan uning shijoati ilhom baxsh etgan

#2 Qo‘shni uylar buzilgan bo‘lishiga qaramay, Meri Kuk o‘zining tor bo‘lsa-da, shinam uyini sotishga rozi bo‘lmadi. Bugungi kunda uy gigant “qo‘shnilari” o‘rtasida qolgan bo‘lib, bolalar kitobi illyustratsiyasiga o‘xshaydi

Foto: wirednewyork

#3 Vera Koks uyini dastlab uning atrofida kazino qurmoqchi bo‘lgan Bob Guchchionega, keyin esa Donald Trampga sotishdan bo‘yin tovlagan

Foto: Library of Congress

#4 Uy egasi Melburn (Avstraliya)dagi ushbu uyini sotishdan bosh tortgan

Foto: Eddie Ate Dynamite

#5 Torontodagi bir kishi uyini sotishni istamagani sabab uy maydonini o‘rtasidan ajratishga to‘g‘ri kelgan

Foto: The Huffington Post

#6 Bu – atrofi katta turar-joylar bilan o‘ralgan gotik taunxaus

Foto: Ephemeral New York

#7 Xitoy hukumati dastlab egalari ko‘chishga qarshilik qilgan bu uy atrofi bo‘ylab katta yo‘l tushirgan. Oxir-oqibat ular boshqa yerga ko‘chib o‘tishgan, biroq uy quruvchilarga qarshilik ramzi sifatida saqlanib qolgan.

Foto: news.nationalpost

#8 Rendal Aker o‘zining Portlend markazidagi kichik uyini sotishdan bosh tortgan, uning atrofiga Portlend davlat universitetining katta binosi qurilgan

Foto: ackerlaw

#9 Guanchjouda hukumat ushbu uyning atrofiga xalqa yo‘l qurishiga to‘g‘ri kelgan, chunki uch oila joyidan qimirlashni istamagan

Footo: chinadaily

#10 Ostin Spriggsning Vashingtondagi uyi. Uy egasiga 3 million dollar taklif qilingan, u rad etgan, keyinroq 4 million dollarga sotgan

Foto: thecityfix

#11 Bu Fransiya shimolidagi eski Ruba dahasidagi yagona bino bo‘lsa-da, Saloh Ujaniy so‘nggi 46 yil davomida ishlab kelgan qahvaxonasini sotishdan bosh tortadi

#12 Endilikda cherkov bo‘lgan qirolicha Annaning uyi yana bir turar joy qurilishiga to‘sqinlik qilgan

Foto: ephemeralnewyork

#13 Suchjou (Tszyansu provinsiyasi)dagi hashamatli villalar orasidagi eski uy, 2013 yil

Foto: HAP / Quirky China News

#14 Vashington, Kolumbiya okrugida buzilishiga yo‘l qo‘yilmagan ushbu uylar atrofida zamonaviy inshootlar qad ko‘targan

Foto: Forgotten New York

#15 Ko‘prik ostidagi hayot...

Foto: Dom Dada

#16 Mazkur mehmonxona egalari bir necha xonadonni yuqori narx sabab xarid qila olmagan va shu tariqa mehmonxona shu ikki bino atrofiga qurilgan, ayni damda ularda suvenirlar sotiladi

Foto: Roeland Koning

#17 U Pin xonim 241 ko‘chmas mulk egalari orasida ko‘chishdan bo‘yin tovlagan yagona inson bo‘lgan. U pudratchilar va takliflarga qarshi deyarli 3 yil kurashgan, 2007 yilning aprelida uy buzilgan

Foto: venture160

#18 "Nail House" Shanxaydagi yo‘l harakatini murakkablashtiradi

#19 Shpigelxalterlar oilasi kengayib borayotgan Wickhams univermagidagi do‘konini sotishdan bosh tortgan

Foto: Reading Tom

#20 Egalari sotishni istamagan shu ikki bino sabab butun bir Rokfeller Plaza ajralib qolgan

Foto: ScoutingNY

#21 Nannin (Xitoy)dagi qurilishlar o‘rtasidagi yagona eski uy, 2015 yil. Uy egasi mahalliy hukumat bilan uning buzilishi uchun kompensatsiya borasida kelishuvga erisha olmagan

Foto: China Stringer Network / Reuters

#22 Shanxaydagi Guanfuli tumani aholisining bir qismi eski uylarini tark etmaslikka qaror qilishdi. Tao Veyren ayni damda zamonaviy ko‘p qavatli binolar bilan o‘ralgan ikki qavatli uyi oldida o‘tiribdi

Foto: Aly Song / Reuters

#23 Chjetszyan provinsiyasidagi Chjen Meydzyu suv va elektr ta'minoti to‘xtatilgan bo‘lishiga qaramay, qisman buzilgan uyida deyarli bir yil yashadi

Foto: China Stringer Network / Reuters

#24 Narita aeroporti o‘rtasidagi ferma. Yaponiyalik fermerlar aeroport markazidagi yerlarini sotish taklifini rad etishmoqda. Shu sabab uchish-qo‘nish yo‘lakchasining faqat yarmidan foydalaniladi

Foto: Google Maps

#25 “Million dollarlik burchak”, Meysi inshootni uning atrofiga qurishga majbur bo‘lgan, keyin esa u reklama e'loni bilan yopilgan

Foto: wiki