Yangi tartibga ko‘ra, foto va videoqayd qurilmalari orqali quyidagi huquqbuzarliklar qayd etiladi:
- xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalariga rioya etmaslik;
- transport vositasini boshqarish vaqtida telefondan foydalanish;
- belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kmdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda oshirish;
- to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzish;
- hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa holatlar.
Shu bilan birga, mazkur huquqbuzarliklar bo‘yicha ma’muriy jazo qo‘llash muddatlari ham aniq belgilandi.
Qayd etilishicha, yo‘l qoidalari buzilgani foto va video qayd etish texnika vositalari orqali aniqlangan taqdirda, ma’muriy jazo huquqbuzarlik sodir etilgan kundan e’tiboran 1 oydan kechiktirmay qo‘llanadi.
Agar ma’muriy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat qilinsa, jazo huquqbuzarlik sodir etilgan kundan e’tiboran 1 yildan kechiktirmay qo‘llanishi mumkin.











