«Roma» hujumchisi Edin Jyeko hakamga tuflagani uchun uzoq muddatga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin.

32 yoshli hujumchi Italiya kubogi chorak finalida «Fiorentina»ga qarshi kechgan o‘yinning 72-daqiqasida bosh hakam Janluka Manyaniyelloning yuziga tuflagani uchun maydondan chetlatildi.

Ushbu holat o‘yin protokoliga qo‘shilgan taqdirda bosniyalik Edin jiddiy jazoga tortilishi ehtimolga yaqin.

Football Italia`ning aniqlik kiritishicha, Italiya kubogi alohida musobaqa sanaladi va shu bois Jyeko diskvalifikatsiya qilingan taqdirda ham jazo A Seriyadagi ishtirokiga ta'sir etmaydi.

Eslatib o‘tamiz, «Roma» «Fiorentina»ga 1:7 hisobida yutqazib, kubokdagi yurishini to‘xtatdi.