Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi o‘yinchisi nomini olishda “Roma” hujumchisi Edin Jyeko, “Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh, “Manchester Siti” yarimhimoyachisi David Silva va Dortmundning «Borussiya»si himoyachisi Ashraf Hakimiy da'vogarlik qilmoqda.

Jyeko “Roma”- TsSKA (3:0) uchrashuvida ikkita gol va golli pasni, Saloh “Liverpul”- “Tsrvena Zvezda” (4:0) uchrashuvida ikkita golni o‘z hisobiga yozib qo‘ygan. “Shaxtyor”- “Manchester Siti” (0:3) uchrashuvida David Silva bitta gol urgan, Hakimiy esa “Borussiya” D-“Atletiko” (4:0) uchrashuvida uchta golli uzatmani amalga oshirgan.