“Aytishlaricha, Gondurasda yangi muhojirlar karvoni yig‘ilmoqda, ular esa bunga qarshi hech narsa qilmayaptilar. Biz uzoq yillardan beri AQShdan foydalanayotgan bu uchta davlatga yordamni to‘xtatamiz”, deb yozgan Tramp.
Tramp avvalroq amerikalik qonun chiqaruvchilarga ultimatum e'lon qilib, agar Meksika bilan devor qurishga pul ajratmasalar, janubiy chegarani yopish bilan tahdid qilgan. Chegarada devor qurilishi bo‘yicha bahslar AQSh kongressi vaqtinchalik byudjyetni qabul qilmagani va hukumat ishining vaqtinchalik to‘xtashiga olib kelgan.











