Gap Andrey Oprisko, Sergey Tsibizov, Yuriy Budzilo, Vladimir Tereshchenko, Viktor Bespalchenko, Vladimir Varimez, Mixail Vlasyuk, Bogdan Golovash, Sergey Chulib, Vladislav Kostishin, Sergey Popov va Roman Mokryak haqida bormoqda.
Sud yig‘ilishi uchta zalda o‘tgan va ularni 3 sudya olib borgan.
Avvalroq Qrim ombudsmeni Lyudmila Lubina hibsga olinganlar Simferopoldagi tergov izolyatoriga olib borilishlarini ma'lum qilgan.
Dengizchilarga Rossiya Jinoyat kodeksining 322-moddasi 3-qismi (oldindan til biriktirgan holda yoki zo‘ravonlik qo‘llab bir guruh shaxslar yoki uyushgan guruh tomonidan chegaraning noqonuniy kesib o‘tilishi) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Qolgan dengizchilarga nisbatan ehtiyot chorasi 28 noyabrda chiqariladi.
25 noyabrda rossiyalik chegarachilar Kerch bo‘g‘ozida Qora va Azov dengizlari orqali Odessadan Mariupolga yo‘l olayotgan, Ukrainaga qarashli “Yani Kapu” buksiri hamda “Berdyansk” va “Nikopol” artilleriya katerlarini va ulardagi 24 dengizchini ushlashgandi. Operatsiya vaqtida ukrainalik dengizchilardan 3 nafari yaralangan.











