
Muxbir mazkur musibat yuzasidan tergov-surishtiruv ishlarini olib borayotgan mutasaddilar bilan suhbatlashgan. Xususan, Chilonzor tuman prokuraturasi mulozimi mazkur holat bo‘yicha tergov ishlari olib borilayotgani, Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgani haqida ma'lumot berdi. Shu bilan birga, ta'kidlanishicha, sud-tibbiy ekspertiza xulosalari chiqmasdan turib, marhumlarning o‘limiga nima sabab bo‘lgani borasida aniq fikr bildirib bo‘lmaydi.
Mavzuga doir:
Huquq-tartibot idoralari xodimiga ko‘ra, mazkur fojiada is gazidan zaharlanish taxmini tasdiqlansa, O‘zR JKning 259-moddasi, ya'ni “Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish” bo‘yicha jinoiy ish ochilishi mumkin.
Ta'kidlash o‘rinliki, hozircha, marhumlarning vafotiga nima sabab bo‘lganiga doir aniq xulosa mavjud emas. Sud-tibbiy ekspertiza natijalari e'lon qilinganidan so‘ng, bu borada aniq fikr bildirish mumkin bo‘ladi.










