• kooperativlar va qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkatlari) ustavlarini ro‘yxatdan o‘tkazish;
• tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzayotgan yuridik va jismoniy shaxslarning xo‘jalik faoliyatini to‘xtatib turish haqida qarorlar qabul qilish;
• sovxozlar va boshqa davlat qishloq xo‘jaligi korxonalarining davlat turar joy fondini xususiylashtirish tartibini belgilash (ularning mulkdorlari bilan birgalikda);
• kommunal xizmatlar haqini va XUMShga majburiy badallarni to‘lash bo‘yicha qarzdorlikni undirish to‘g‘risidagi da'vo arizalari bilan sudlarga murojaat qilish;
• deputatlar bilan uchrashish va ularning hisobotlarini tinglash uchun saylovchilarni chaqirish;
• iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish chora-tadbirlari;
• davlat yer kadastri yuritilishini monitoring qilish, shuningdek yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar va ular bilan bog‘liq bitimlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini tashkil etish;
• xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning schyotlaridagi pul mablag‘laridan foydalanishni cheklash yoxud majburan yechib olish;
• ish joyining transportda qatnash jihatidan qulayligini belgilash.
 
Ikkinchidan, bir qator qonun hujjatlarida hokimliklarning jismoniy tarbiya va sport, mudofaa, tabiatni muhofaza qilish, suvga oid munosabatlar, mehnatni muhofaza qilish, sog‘liqni saqlash, ta'lim va boshqa sohalardagi vakolatlari ular tomonidan soha vazirliklari va idoralarining hududiy bo‘linmalari orqali amalga oshirilishini qayd etish.
 
Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.