Lavrov BMT Bosh assambleyasida Koreya yarimorolini yadroviysizlantirish ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatmaslik sohasida jahon hamjamiyati oldida turgan vazifalardan biriligini ta'kidlab o‘tdi.
Lavrovning aytishicha, Koreya yarimorolidagi tinchlik jarayonlarini rag‘batlantirish lozim.
“Rossiya-Xitoy yo‘l xaritasiga monand rivojlanayotgan, Koreya yarimoroli atrofidagi vaziyatning ijobiy dinamikasini qutlaymiz. Bu jarayonni tomonlarning bir-biriga peshvoz chiqishi bo‘yicha qadamlar va BMT Xavfsizlik kengashi liniyasi bo‘yicha Pxenyan va Seul o‘rtasidagi muhim kelishuvlarni amalga oshirishni stimullash orqali rag‘batlantirish lozim”, deb aytgan Lavrov BMT Bosh assambleyasidagi nutqida.
Lavrov Moskva Shimoli-Sharqiy Osiyoda mustahkam tinchlik va xavfsizlikni yaratishga qaratilgan ko‘p tomonlama jarayonni boshlash bo‘yicha ishni davom ettirishini qo‘shimcha qilgan.











