Buyuk «tabib» AQSh dollarlari evaziga oyoqlardagi kasallikni davolashga va'da bergan.

Poytaxt IIBB ma'lumotlariga ko‘ra, 2017 yilning dekabr oyida o‘zini «tabib» deb tanishtirgan gumonlanuvchi shaxs fuqaro X.X.dan oyoqlarni uqalash va shu orqali undagi og‘riqlar «yo‘qolishi» haqida va'da berib, undan 1250 dollar olgan.

Biroq, hech qanday mo‘'jizaviy davolash ro‘y bermadi, shu sababdan Toshkent viloyatida istiqomat qiluvchi X.X. ichki ishlar organlariga murojaat qilgan.

Ta'kidlanishicha, «tabib»ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi («Firibgarlik») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.