Voqeaga guvoh bo‘lganlarning so‘zlariga ko‘ra, haydovchi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan o‘tmoqchi bo‘lgan qizga yo‘l bermagan.
Ushbu holat bo‘yicha Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi, 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Ma'lumot uchun, Farangiz Rejametova marhum aktyor To‘g‘on Rejametovning nabirasi, aktrisa Fotima Rejametovaning qizidir. U Zulfiqor Musoqovning «Oyijon» filmida bosh rolda o‘ynagan.











