Hodisa Texas tibbiyot markaziga yaqin joyda yuz bergan. Qurbon va qotil bir-biriga qarab velosipedda harakatlangan. Ular tenglashib olganida, hujum qilgan shaxs ikki marta o‘q uzdi. Shifokor Mark Xausnext olingan jarohatlar sabab hayotdan ko‘z yumdi.
Qotil qidiruvga berildi, u oq tanli yoki lotin amerikalik 30 yoshlardagi erkak bo‘lib, quyoshdan himoya qiluvchi ko‘zoynaklar va beysbol kepkasida bo‘lgan.
Sobiq prezident vakillari halok bo‘lgan shifokorning oilasi, hamkasblari va do‘stlariga ta'ziya bildirishdi.











