“Konstruktsiya o‘zidan sun'iy do‘nglikni aks ettirib, uning tepa qismiga “zebra” tushiriladi. O‘tish joyi yerdan 10 sm ko‘tarilgan bo‘ladi. Bu haydovchilarni o‘tish joyi oldida to‘xtashga majbur qiladi”, deb ma'lum qildi Rosstandart huzuridagi “Udobnaya doroga” loyiha-texnik qo‘mita rahbari Aleksandr Shumskiy.
Shuningdek, imkoni bor joylarda polosa enini 3 metrgacha toraytirish rejalashtirilmoqda. Mutaxassislarning fikricha, bunda bir mashina ikkinchisini quvib o‘ta olmaydi va avariyalar ehtimoli kamayadi.










