Fleshkada Koreya yarim oroli iqtisodiyoti Shimol va Janubning birgalikdagi sa'y-harakatlari bilan qanday rivojlanishi mumkinligiga doir taqdimot bor. Nashr xabariga ko‘ra, gap Janub va Shimolning Shimoliy Koreya yadrosizlanganidagi hamkorligi haqida ketyapti. Loyiha tafsilotlari ochiqlanmagan, biroq ma'lum bo‘lishicha, uning bir qismida elektrostansiyalar haqida so‘z yuritilgan, bu esa Janubiy Koreyaning KXDRda energetikani rivojlantirish bo‘yicha takliflarini anglatadi.
Esltib o‘tamiz, avvalroq Janubiy Koreya prezidenti Tramp va Kim Chen Inning uchrashuvi uchun joy topgani, u har ikki Koreya o‘rtasidagi Pxanmunjom qurolsizlantirilgan hududda bo‘lib o‘tishi mumkinligi xabar qilingandi.











