«Biz xalqaro va ichki qonunchilikdagi majburiyatlarimizga muvofiq, shuningdek, Yuliya Skripalning huquq va xohish-istaklarini inobatga olgan holda konsullikning bunday murojaatini ko‘rib chiqmoqdamiz», - deya aytib o‘tdi Buyuk Britaniya TIV matbuot xizmati vakili.

Avvalroq Rossiya elchixonasi Londondagi rossiyalik diplomatlar Yuliya Skripal bilan uchrashishga harakat qilishayotgani haqida xabar bergandi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Yuliya Skripalning ahvoli haqida yangi ma'lumotlar berilgandi.