Rolikka berilgan izohda aytilishicha, laynerlarning qo‘ndirilishini nafaqat kuchli shamol, balki qo‘nish polosasining ho‘lligi qiyinlashtirgan. Uchuvchilarga, shuningdek, kuchli qor ham xalaqit qilgan. 

Oxirgi kunlar Yevropada sovuq havo hukm surmoqda. U mahalliy matbuotda “Sharqdan kelgan yirtqich” deb ham nomlandi. Buyuk Britaniyada ob-havo sharoitlari antitsiklon Atlantikadan kelgan “Emma” dovuli bilan to‘qnash kelgani sababli ham murakkablashgan. 

Airbus A380 samolyoti dunyodagi eng katta yo‘lovchi samolyoti hisoblanadi. U 15 ming kmdan ko‘proq masofalarga qo‘nishsiz parvozlarni amalga oshira oladi va 853 yo‘lovchini sig‘dira oladi.