Voqeaga guvoh bo‘lgan Jyeremi Jons tomonidan tasvirga olingan videoda ko‘rish mumkinki, Airbus A320 aeroportga yaqinlashayotganida kuchli shamol tufayli bir tekisda parvoz qila olmagan, so‘ng qo‘nish yo‘lagi ustida boshqa tomonga qayrilib ketgan. Oxir-oqibat avialayner tepaga ko‘tarilishni boshlab, yerga tegmasdan parvozni davom ettirgan.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, shu kuni shamol tezligi sekundiga 19,5 metrni tashkil etgan.










