Dastlab 35 kishi halok bo‘lgani, 20 kishi yaralangani ma'lum qilingan. 

Avtobus Arekipa hududida Panamerika shossesida 200 metr balandlikdan jarga qulagan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, haydovchi avtobusni boshqara olmay qolgan.

Mamlakat prezidenti Pedro Kuchinski halok bo‘lganlar oilalariga hamdardlik bildirgan.