Jizzax viloyatining Zomin tumani, Suffa platosi hududidan oqib o‘tuvchi Qashqarsuv soyi bo‘yida 12 may kuni soat 19:56 larda bir nafar fuqaro jarlikka tushib ketgan.
FVV ma’lum qilishicha, shundan so‘ng fuqaro jarlikdan qaytib chiqa olmayotganligi to‘g‘risida qutqaruvchilarga murojaat qilgan.
Qutqaruvchilar tomonidan fuqaro jarlikdan sog‘-salomat chiqarib olingan.











