Maradona yaqinda Argentina televideniyesiga bergan intervyusida Trampga arzimas narsa yoki hodisalarni ifodalashda qo‘llanuvchi “chirolita” – “qo‘lda o‘ynatiluvchi qo‘g‘irchoq” deb ta'rif bergan. Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Maradonaning aynan shu so‘zlari uning AQShga kirishi rad etilishiga sabab bo‘lgan, vaholanki u barcha hujjatlarni vaqtida va barcha qoidalarga muvofiq topshirgan.
“Biz vizani deyarli olganimizda, men “Diyego, iltimos AQSh haqida hech narsa dema”, deb ogohlantirgandim”, deb aytdi Morla.
Nashrning ta'kidlashicha, Maradona AQShga sobiq rafiqasining ishi bo‘yicha sud yig‘ilishida ishtirok etish uchun mart oyida bormoqchi bo‘lgan.











