Prezident Donald Tramp tashabbusi bilan 25 dekabr kuni kuchga kirgan soliq islohoti qisqa muddatda og‘riqli kechishi, biroq dunyo bo‘ylab biznes yuritadigan Goldman kabi korporatsiyalariga uzoq muddatli istiqbolda daromad keltirishi taxmin qilinar edi, deb xabar qilmoqda Reyter agentligi.
Citigroup va JPMorgan Chase & Co kabi yirik kompaniyalar kelgusi yillarda xorijdagi 2,8 trln dollardan ortiq mablag‘ AQShga qaytishini taxmin qilgan edi. Ularga bir martalik soliq solinishi Amerika federal daromadini 339 mlrd dollarga oshirishi kerak.
Bu choralar xalqaro korporatsiyalarga birmuncha qiyinchiliklar yaratadi, ammo ular belgilangan soliqni 8 yil mobaynida to‘lash imkoniga ega bo‘lishadi.











