"Kuzatishlarga ko‘ra, bo‘lg‘usi onalar homilador bo‘lishdan bir necha oy yoki bir necha yillar avvalroq bolaga ziyon yetmasligi uchun chekishni tashlaganlari ma'qul. Chekish tuxum hujayralari sifatiga ular urug‘lanmasdanoq ta'sir ko‘rsatadi", — deyiladi maqolada.
Olimlar sichqonlarda tajriba o‘tkazib, homila uchun eng jiddiy xavfni oksidlovchi stress solishini aniqlashdi. Bu tanada erkin radikallarning ortiqcha to‘plangan holatidir. Bular yomon ekologiya, stress, o‘ta og‘ir jismoniy charchoq yoki tamaki tutunida kelib chiqadi.
Tadqiqotning ko‘rsatishicha, tamaki tutuni ta'siriga uchragan onalardan tug‘ilgan bolalar yomon xotira va zaif a'zolarga ega bo‘lishgan. Olimlarning fikricha, oksidlovchi stresnng ko‘pligiga mitoxondriyada erkin radikallardan tozalovchi antioksidantlar yetarli darajada ishlab chiqarilmasligi bilan bog‘liq.
Tadqiqotchilarga ko‘ra, chekuvchi ona hali dunyoga kelmagan farzandini yetarli miqdorda kislorod bilan ta'minlanishiga yo‘l qo‘ymaydi. Uning yetishmasligi esa, gipoksiya, ya'ni hujayralarda "kislorod va qon yetishmovchiligi"ga olib kelishi mumkin.










