TASS axborot agentligining ma'lum qilishicha, favqulodda vaziyat 22 oktabrda yuz bergan. Monrealdan 781-sonli reysni amalga oshirayotgan samolyotga dastlab San-Frantsisko aeroportiga qo‘nishga ruxsat berilgan, biroq dispetcherlar birozdan keyin uchuvchilarga uchish-qo‘nish yo‘lkasida boshqa samolyotlar bo‘lmasligini kutib turish uchun havoda aylanib turishni buyurishgan. Biroq samolyot ekipaji ogohlantirishga javob bermay, qo‘nishni amalga oshirgan. Ta'kidlanishicha, baxtli tasodif tufayligina hech kim jabrlanmagan..
Ruxsat yo‘qligiga qaramay qo‘ndirilgan samolyot baxtli tasodif tufayligina falokatga uchramadi
13:45 / 26.10.201721 8671 min
Kanadaning Air Canada samolyoti uchuvchilari AQShning San-Frantsisko shahri aeroporti dispetcherlari ularni qo‘nmaslik haqida 6 marta ogohlantirishlariga qaramay, qo‘nishga qaror qilishgan











