Air Canada reyslari soni 95 foizga kamaygan, kompaniyaning 225ta samolyoti bekor turibdi.
Kompaniyaning hisob-kitoblariga ko‘ra, 38 ming nafar xodimdan 19 mingdan 22,8 minggachasi ishdan bo‘shatilishi mumkin. Ularning barchasiga bu haqda elektron pochta orqali ma'lum qilingan.
Rahbariyat umumiy izolyatsiya sababli xodimlarni ommaviy ishdan bo‘shatish qaroriga kelgan. Air Canada reyslari soni 95 foizga kamaygan, kompaniyaning 225ta samolyoti bekor turibdi.
Ishdan bo‘shatishlar 7 iyundan boshlanadi.
Avvalroq Britaniyaning Virgin Atlantic aviakompaniyasi inqiroz sababli 3150 nafar ishchisini yoki xodimlarining 30 foizini ishdan bo‘shatishi haqida e'lon qilgandi.












