Bundan avvalroq, O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov BAAga uyushtirgan rasmiy tashrifi davomida BAA Futbol Uyushmasi vitse-prezidenti Abdulla Nosir al-Junaybiy bilan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolagan edi.
BAA va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi O‘FF va BAA Futbol uyushmalarining memorandumi doirasida amalga oshirilayotgan ikkinchi ish hisoblanadi. Bungacha O‘zbekiston Kubogining finalini boshqarish uchun BAAdan Muhammad Abdulla Hasan boshchiligidagi hakamlar brigadasi taklif qilingan edi.











