Uning aytishicha, yig‘in davomida 26 yoki 27 dekabr kunida terma jamoa o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Hozircha o‘rtoqlik uchrashuvida qaysi terma jamoa raqib bo‘lishi ma'lum emas.

Ma'lumot uchun, shu kunga qadar O‘zbekiston milliy terma jamoasi Ektor Kuper boshchiligida 3 yig‘in doirasida 6 uchrashuvda maydonga tushdi.

Sentyabr oyi boshida Toshkentda Suriya va Eronga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Suriya bilan o‘yinda 1:1 hisobi qayd etildi, Erondan mag‘lub bo‘lindi - 0:1.

Ikkinchi yig‘in ham 6-17 oktabr kunlarida Toshkentda o‘tkazildi. Bu yig‘in doirasida Qatar va Shimoliy Koreya terma jamoalariga qarshi o‘yinlar o‘tkazilib, Kuper jamoasi ikki o‘yinda ham bir xil hisobda - 2:0 hisoblarida g‘alaba qozondi.

Uchinchi yig‘in esa 11-22 noyabr kunlari Avstraliyaning Brisben shahrida o‘tkazildi. Bu yig‘in doirasida dastlab Livan terma jamoasi bilan o‘ynagan o‘zbekistonliklar nursiz durangga imzo chekishdi (0:0), Janubiy Koreya termasiga qarshi o‘yin esa yirik mag‘lubiyat bilan yakunlandi - 0:4.

Ma'lumot uchun, yanvar oyida BAA maydonlari mezbonlik qiladigan Osiyo Kubogida O‘zbekiston terma jamoasi F guruhida Yaponiya, Ummon va Turkmaniston terma jamoalariga qarshi o‘yinlarda maydonga tushadi. Kuper shogirdlari turnirdagi ilk o‘yinni 9 yanvar kuni Ummonga qarshi o‘tkazadi, 13 yanvar kuni Turkmanistonga qarshi bahs bo‘lib o‘tadi. Yaponiyaga qarshi 17 yanvar kuniga belgilangan o‘yin esa guruh g‘olibi kim bo‘lishini aniqlab berishi kutilmoqda.