Mahalliy hukumatning ta'kidlashicha, bu tashabbus tashqi qoplamasi yengil alangalanuvchan binolarni qamrab oladi. Bunda yong‘inga bardoshli materiallar qo‘llanadi.
Dubayda oxirgi yillarda baland binolarda yong‘inlar sodir bo‘lishi kamyob hodisa bo‘lmay qoldi. Oxirgi ikki yil ichida The Torch binosi ikki bor yongan. Bu bino ko‘plab boshqa baland binolar kabi alyuminiy qoplama bilan qoplangan.
Fasadlarga mahkamlanadigan to‘siqlar olovning tarqalishi oldini olishga imkon beradi.










