Aktsiya 5 sentabrda boshlandi va 5 oktabrgacha davom etadi.
“Rohingya xalqi musulmonlari, Arakan aholisi, bir necha yil hukumat tomondan chidab bo‘lmas tazyiqlarga uchrab kelmoqda. Odamlar dahshatli qiynoqlar va qotilliklarga uchramoqdalar, ular ommaviy ravishda qirilmoqdalar – bu haqiqiy genotsid. Biz Myanmadagi yovuzlikni bir o‘zimiz to‘xtata olmaymiz,. Biroq baxtsiz kishilarga ko‘mak ko‘rsatishimiz va yordam qo‘lini cho‘zishimiz mumkin. Birgalikdagi sa'y-harakatlar evaziga biz qochqinlarni zarur dorilar, yegulik, kiyim bilan ta'minlaymiz”, deyilgan jamg‘armada.
Jamg‘arma “Rossiya musulmonlarining barcha xayr-ehsonlari Arakan aholisiga yetib borishi uchun barcha ishni qilishga” va'da bergan.
“Myanmadagi tahqirlanganlarga yordam bering!” aksiyasida ishtirok etish har bir kishining katta bir ishga qo‘shgan ulushidir va Tangrining marhamatiga erishish uchun imkoniyatdir”, deb qo‘shimcha qilingan jamg‘armada.











