Cho‘ntagiga tushayotgan daromad bo‘linishini istamagan “tadbirkor”ning faoliyati 2011 yildan 2016 yilning 1 iyuliga qadar rosa “gurkiradi”. Bu vaqt oralig‘ida u 1 mln. 275 ming 960 dona, ya'ni 1 mlrd. 258 mln. 236 ming so‘mlik g‘isht ishlab chiqarib, 85 mln. 515 ming so‘m miqdorida nazorat qilinmaydigan daromad topdi. Yashirin faoliyati oshkor bo‘lgach, unga tegishli bo‘lgan jami 8 mln. 112 ming so‘mlik mahsulot va asbob-uskunalr ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olindi.
Mazkur holat yuzasidan X.Jo‘rayevga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, sud hukmi bilan jazo muqarrarligi ta'minlandi.










