Uning ma'lumotlariga ko‘ra, yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari xavfsizlikni ta'minlash maqsadida transport vositalarini jiddiy tekshirib bormoqda.
Ta'kidlanishicha, O‘zbekistonda “Tozalash-antiterror” amaliyoti o‘tkazilmoqda. Bu amaliyot doirasida jinoyat sodir etgani uchun qidiruvda bo‘lgan 454 shaxs ushlandi. Tekshiruvlar davomida 126 kg.dan ortiq giyohvand moddalar, taxminan 10 ta qurol va 4 ta patron aniqlanib olingan.
Pasport-viza rejimini buzgan taxminan 3 ming kishi javobgarlikka tortildi. O‘zbekiston hududida bo‘lish shartlarini buzgan 13 nafar xorijlik fuqaro va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar mamlakatdan chiqarib yuborildi.











